Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
  • 6
  • 31.10.2023 08:06:00
  • 1 daq o'qish

30-oktyabr kuni qishloq xo‘jaligi vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi.

Jumladan, Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Akmal Qosimov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident administratsiyasi agrosanoat kompleksini rivojlantirish sho‘basi mudiri lavozimida ishlab kelgan. 

Bunyod Oxunov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News