
- 4
- 19.10.2023 08:13:00
- 1 daq o'qish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an halok bo‘lgan falastinliklar xotirasiga mamlakatda uch kunlik (19-21-oktyabr) motam e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“Turkiya falastinlik birodarlar boshidan o‘tkazgan kunlar uchun yuragida ulkan og‘riqni his qilmoqda. Aksariyati bolalar va hech bir aybi bo‘lmagan tinch aholi vakillari bo‘lgan minglab shahidlar xotirasiga mamlakatimizda uch kunlik milliy motam e’lon qilinadi”, – degan prezident.