
- 0
- 17.09.2025 07:57:00
- 1 daq o'qish
Zambiyada ikki erkak — qishloq oqsoqoli Leonard Firi va Mozambik fuqarosi Jasten Mabulesse Kandunde mamlakat prezidenti Hakainde Hichilemaga jodugarlik yo‘li bilan suiqasd uyushtirishda aybdor deb topildi. Lusaka sudi ularni og‘ir jismoniy mehnat bilan 2 yilga qamoq jazosiga hukm qildi.
Tergovda ularning uyidan tirik buqalamun, qizil mato, oq kukun va sehrga oid buyumlar topilgan. Prokuratura ularni muxolifatchi deputat Emmanuel “Jay Jay” Bandning ukasi yollaganini bildirdi.
Ish Britaniya mustamlakachilik davridan qolgan, jodugarlikni jinoyat deb belgilovchi qonun asosida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, prezident Hichilema siyosiy muxolifatga bosim o‘tkazayotganlikda tanqid qilinmoqda. Sobiq prezident Edgar Lunguning dafn marosimi bo‘yicha mojarolar ham davom etmoqda.