Toshkentda bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Toshkentda bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi
  • 0
  • 04.07.2025 08:15:00
  • 1 daq o'qish

 

18-iyun kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Tenge bank”dan 90 ming dollar o‘g‘irlandi. Jinoiy guruh a’zolari mijoz sifatida kirib, bank xodimi bilan til biriktirgan holda, POS-terminal orqali soxta ma’lumot kiritib, pullarni yechib olgan.

Ichki ishlar vazirligi tezkor tadbirlar o‘tkazib, barcha gumonlanuvchilarni ushladi. Ulardan telefonlar, bank kartalari, POS-terminal va 36 ming dollardan ortiq pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Jami 9 kishi ushlangan, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News