
- 6
- 25.06.2024 12:49:00
- 1 daq o'qish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab beriladi.