
- 14
- 17.05.2024 13:26:00
- 1 daq o'qish
Tojikiston jodugar folbinlarga qarshi kurashishni e’lon qildi.
Tojikistonda jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanganlarga jarima jazosini qo‘llanilishi aytilgandi. Aprel oyida Ichki ishlar vazirligi tabiblar va sehrgarlar 6 oygacha majburiy mehnatga majburlanishini maʼlum qilgandi. Endilikda Tojikiston Jinoyat kodeksiga jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha modda kiritildi. Biroq tegishli moddada qanday jazo nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jodugarlik va folbinlik uchun jarima miqdori oshirilib, muqobil jazo sifatida ma’muriy qamoq jazosi beriladi.