“Ayntraxt”ni tark etib, karyerasini barbod qilganlar. So‘nggi yillarning tendensiyasi haqida yozmoqchiman.

“Ayntraxt”ni tark etib, karyerasini barbod qilganlar. So‘nggi yillarning tendensiyasi haqida yozmoqchiman.
  • 7
  • 20.01.2025 07:43:00
  • 2 daq o'qish

 

2019/20-yilgi mavsumidan boshlab Frankfurt klubi o‘zining yetakchilarini yirik jamoalarga yetkazib kelmoqda. Ammo deyarli barcha transferlar muvaffaqiyatsiz chiqyapti.

2019-yilda “Ayntraxt” ikki hujumchi bilan xayrlashdi: Sebastyan Aller “Vest Xem”ga, Luka Yovich esa “Real”ga yo‘l oldi. Natijalar esa achinarli – fransuz APLda atigi 10 ta gol urdi va ikki barobar arzonroq narxga “Ayaks”ga sotildi, serb esa La Ligada bor-yo‘g‘i 3 ta gol urib, tekinga “Fiorentina”ga ketdi.

Bir necha yil o‘tib, frankfurtliklar yana ikki yetakchini qo‘yib yuborishdi. Andre Silva “Leypsig”ga 23 million evaziga o‘tdi, lekin bir mavsumdagi 11+3 natijadan keyin o‘yinini yo‘qotdi – oxirgi uch mavsumda hujumchi Bundesliga doirasida atigi 8 ta gol urgan. Filip Kostichni ham shunday taqdir qarshi oldi – u “Yuventus”dagi birinchi mavsumda 3+8 natija qayd etdi, ikkinchi mavsumda esa ko‘tarila olmay, ijarada “Fenerbaxche”ga yo‘l oldi.

Ammo eng dahshatlisi 2023-yil yozida sodir bo‘ldi. PSJ 95 million yevro evaziga futbolchini sotib oldi, lekin u 1,5 mavsumda Liga 1da atigi 8 ta gol urdi. “Napoli” ham xatoga yo‘l qo‘ydi – Jesper Lindstrom uchun 30 million to‘ladi. Transferdan so‘ng yarim himoyachi Italiya va Angliya chempionatlarida jami 37 ta o‘yinda 0+0 natija bilan o‘ynadi.

Yagona muvaffaqiyatli (hozircha) transfer bu yil amalga oshirildi. 40 million evaziga PSJga kelgan Vilyan Pacho asosiy tarkibga mustahkam joylashdi va Markinyos bilan ajoyib duetni tashkil etdi.

Va ha, “Manchester Siti” muxlislari Omarga Marmushni PSJning markaziy himoyachisi kabi taqdir kutishini, boshqalarga o‘xshamasligini tilab duo qilishmoqda. Ammo, bu qanchalik omadli transfer bo‘lishini tez orada bilib olamiz. Pepning umidlari chipakka chiqmasa bo‘ldida, ishqilib.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News