
- 15
- 28.08.2024 16:22:00
- 1 daq o'qish
So‘nggi paytlarda Tojikistonda folbinlarni aniqlash bo‘yicha muntazam reydlar o‘tkazilib, yil boshidan buyon sehrgarlik bilan shug‘ullanuvchi 141 kishi ushlangan. Mamlakatda jodugarlik va sehrgarlikka nisbatan javobgarlik kuchaytirilganiga qaramay ularning xizmatidan foydalanuvchilar soni hamon sezilarli darajada yuqori. Shu sababli endilikda nafaqat jodugar va folbinlar, balki ularga murojaat qilayotgan fuqarolarga nisbatan ham chora ko‘riladi.