
- 6
- 18.05.2024 09:03:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev aholi migratsiyasi va jinoyat ijro tizimi to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlarni tasdiqladi.
Qonunga ko‘ra, qozoq tilini boshlang‘ich darajada bilmaydiganlarga Qozog‘iston fuqaroligi berilmaydi.
Shuningdek, tasdiqlangan qonunda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, Konstitutsiya asoslari va Qozog‘iston tarixini fan va oliy ta’lim sohasida vakolatli organ belgilagan lozim darajada bilmaslik ham bor. Qonun aholi migratsiyasi va jinoyat ijro tizimidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan.