
- 5
- 30.10.2023 11:08:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarni buzganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda. Raqobat qo‘mitasi bu borada Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritishga doir qonun loyihasini ishlab chiqdi.
O‘zbekiston hududida reklama davlat tilida tarqatilishi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida qatʼiy belgilangan bo‘lsada, reklama materialarini tayyorlashda eʼlon qilishda, tarqatilishida davlat tiliga oid qonunchilik talablariga amal qilmaslik holatlarini tartibga solishda muammolar saqlanib qolmoqda.
Qayd etilishicha, reklama materialarini tayyorlashda eʼlon qilishda, tarqatilishida davlat tiliga oid talablarga amal qilmaslik uchun javobgarlikni belgilash davlat tilimizga bo‘lgan eʼtiborni kuchaytirishga va munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.