
- 0
- 02.08.2025 11:47:00
- 1 daq o'qish
Oʻzbekiston Senatining 9-yalpi majlisida maʼqullangan yangi Qonunga koʻra, endilikda 18 yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.
Ushbu o‘zgarishlar jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda bolalar uchun jinoiy javobgarlikni liberallashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.