“Toj Mahal”ni qalin tutun qopladi

  “Toj Mahal”ni  qalin tutun qopladi
  • 3
  • 06.11.2023 17:28:00
  • 1 daq o'qish

Qalin tutun Hindistonning eng mashhur diqqatga sazovor joyi Toj Mahalni qopladi. Sayyohlar maqbara umuman ko‘rinmayotganidan nolishmoqda. 

Tuman butun Agra shahrini qamrab oldi. Hozirgi vaqtda havo sifati indeksi 171 darajasida qayd etilgan bo'lib, u o'rtacha ifloslangan deb hisoblanadi. Lekin, ayniqsa, Agra uchun bu ko'rsatkich juda yuqori. Havodagi tutunga Shimoliy Hindistonda guruch yig‘ib olingandan so‘ng, rasmiy taqiqga qaramay, 20 million tonnadan ortiq quruq guruch poyasining yonishi sabab bo‘lgan.

Tumanlar pastroq mintaqada joylashgan Nyu-Dehlida to'plangan. Poytaxtning ko‘plab hududlarida havo sifati indeksi 468 balldan oshdi, norma 0 dan 50 gacha bo‘ldi.

Mahalliy hokimiyat Hindiston poytaxtidagi barcha maktablarni 10-noyabrgacha yopishga qaror qildi. Biroq, 10 va 12-sinf o'quvchilari o'qishni davom ettiradilar - ularni imtihonlar kutmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News