Shu kunlarda ko‘pchilik vatandoshlarimizni dilidagi dam olish tanlovi

Shu kunlarda ko‘pchilik vatandoshlarimizni dilidagi dam olish tanlovi
  • 0
  • 19.07.2025 10:39:00
  • 1 daq o'qish

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.
Kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha issiq bo‘ladi.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 darajani tashkil etadi.
Toshkentda asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News