Qizlariga deyarli hech narsa qolmadi: Prigojinning mol-mulkiga kim egalik qildi?

Qizlariga deyarli hech narsa qolmadi: Prigojinning mol-mulkiga kim egalik qildi?
  • 3
  • 11.09.2023 07:25:00
  • 1 daq o'qish

Sankt-Peterburgda aviahalokatda halok bo‘lgan “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bo‘yicha meros ishi ochildi. Bu haqda Rossiyaning “VCHK-OGPU” loyihasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Putin oshpazi”ning qizlarida deyarli hech narsa qolmagan. Prigojinning hayoti davomidagi vasiyatiga asosan uning deyarli barcha mol-mulki o‘g‘li Pavelga o‘tgan.

“Butun biznes, barcha kompaniyalar, barcha mulk, uning qizlariga qolgan bir nechta narsalardan tashqari, Pavelga o‘tdi. U o‘zini barcha narsada Yevgeniy Prigojinning vorisi deb e’lon qildi. Lekin, rostini aytsam, Pavel ma’lum shaxslar ta’siri ostida va uni mustaqil shaxs deb atash qiyin”, — dedi manba.

Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi komandirlari Krasnodar o‘lkasidagi Molkinodagi bazada yig’ilish o‘tkazib, o‘zlariga rahbar tayinlamoqchi.
“Vagner” boshqaruvini vafot etgan taqdirda Prigojin tomonidan tuzilgan ko‘rsatmalarga asosan, Yelizarov egallashi kerak. Unga yaqin qo‘mondonlar esa Yelizarovning “biznes imperiyasi” tuzilmalaridan joy oladi, shuningdek, Pavel Prigojinga “otasining biznes aktivlarini himoya qilishda” yordam beradi.

Bazada qo‘mondonlar kengashi bo‘lib o‘tadi, unda “Lotus” chaqiruv belgisiga esa qo‘mondon Anton Yelizarov “Vagner”ning yangi rahbari etib tasdiqlanishi mumkin. Hozirda u, ehtimol, “Vagner” rahbari vazifasini bajaruvchidir.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News