Dunyoning eng qashshoq prezidenti vafot etdi

Dunyoning eng qashshoq prezidenti vafot etdi
  • 0
  • 14.05.2025 14:18:00
  • 1 daq o'qish

Dunyoning eng qashshoq prezidenti sifatida tanilgan Urugvay sobiq prezidenti Xose Muxika 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda amaldagi prezident Yamandu Orsi e’lon qildi. Mamlakatda 16-maygacha motam e’lon qilindi.
Muxika 1935-yil 20-mayda tug‘ilgan. 2010—2015-yillarda Urugvay prezidenti lavozimida ishlagan. Davlat rahbari sifatida u juda kamtarona hayot kechirib, rafiqasi bilan qishloq uyida yashagan va deyarli barcha maoshini xayriya ishlariga sarflagan. Shu sababli OAVda uni “dunyodagi eng qashshoq prezident” deb atashgan. Muxikaning prezidentlik davri Urugvay dunyoda birinchi bo‘lib marixuanani qonuniylashtirgani bilan esda qolarli bo‘ldi. 2024-yilda unga qizilo‘ngach saratoni tashxisi qo‘yilgan va davolanishdan bosh tortgan. Yanvar oyida xalqi bilan vidolashgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News