Dunyodagi yagona rassom qo'y o'g'irlandi

  • 11
  • 26.02.2025 08:43:00
  • 1 daq o'qish

Rassom qo‘y o‘girlab ketildi

Janubiy Afrikada hayvonlar boshpanasida surat chizib yurgan Beenksi ismli noyob qo‘y izsiz g‘oyib bo‘ldi. Uning egasi Joan Lefson rassom qo‘yni topganga 50 000 funt sterling miqdorida mukofot va’da qilgan. Beenksining asarlari Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniyadan kelgan kolleksiyachilar orasida mashhur. Ikki hafta oldin Beenksi britaniyalik xaridor bilan uchrashishi kerak edi, biroq to‘satdan g‘oyib bo‘ldi. Ayni paytda fermer xo‘jaligi xodimlari yolg‘on detektori sinovlaridan o‘tmoqda va qidiruv ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News