Dunyoning eng baxtli davlatlari e’lon qilindi

Dunyoning eng baxtli davlatlari e’lon qilindi
  • 2
  • 20.03.2025 14:40:00
  • 1 daq o'qish

 World Happiness Report 2025 reytingida yuqori o‘ntalikka Finlyandiya, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Kosta-Rika, Norvegiya, Isroil, Lyuksemburg va Meksika kirdi va Finlyandiya ketma-ket sakkizinchi bor dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi.  Reytingda O‘zbekiston 53-o‘rinni (6 pog‘ona pastladi) egalladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ko‘rsatkichi quyidagicha:

🇰🇿 Qozog‘iston 43-o‘rin (6 daraja yuqoriladi)
🇰🇬 Qirg‘iziston 75-o‘rin (o‘zgarishsiz qoldi)
🇹🇯 Tojikiston 90-o‘rin (2 pog‘ona yuqoriladi)

Afg‘oniston esa eng baxtsiz davlat (147-o‘rin) deb topilgan.

Mazkur reyting har yili 20-mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kunida e’lon qilinadi. Uni tuzishda mamlakatdagi aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari, umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy yordam, erkinlik, korrupsiya darajasi va saxiylik hisobga olinadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News