
- 5
- 13.11.2023 18:08:00
- 1 daq o'qish
2023 yilning 13–17 noyabr kunlari “Silk Road Samarkand” kongress markazida BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqidan 500 ga yaqin delegatlar, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda. Ular Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo‘lidagi taraqqiyotni ko‘rib chiqadilar. UNCCD imzolanganidan beri birinchi marta uning eng muhim yig‘ilishlaridan biri Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda.
CRIC-21 ishtirokchilari BMTning 2018–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha global maqsadlarga erishish bo‘yicha taraqqiyotni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sessiyada “Dunyo bo‘ylab biz kuzatayotgan qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va jazirama to‘lqinlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim va tabiat inqirozlarining alomatlaridir.
2015 yildan beri taxminan 4 million kvadrat km sog‘lom va unumdor yerlar - taxminan O‘rta Osiyo hajmiga teng maydon yo‘qolgan.
2030 yilga borib yerdan foydalanish bo‘yicha global maqsadlarga erishish uchun yerning keyingi degradatsiyasini zudlik bilan to‘xtatishimiz va kamida 1 milliard gektar maydonni tiklashimiz kerak”, — dedi BMT vakili Ibrohim Tiau.