Ostonalik qizning onasiga “hadeb tug‘avermang” degan gaplari Qozog‘istonni oyoqqa turg‘azdi

Ostonalik qizning onasiga “hadeb tug‘avermang” degan gaplari Qozog‘istonni oyoqqa turg‘azdi
  • 0
  • 13.08.2025 10:18:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda 13-14 yoshlardagi qiz yig‘lab, onasiga doimiy ravishda kichik ukalari va singillariga qarashdan charchaganini aytadi.
“Iltimos, endi tug‘ishni bas qiling! Men qishloqqa bormoqchiman, lekin siz qo‘ymaysiz – biriga kerak bo‘laman, keyin boshqasiga, hamisha ish bilan bandman. Yerasil maza qilib yuribdi, men esa shu yerda qolib ketaman, ular aylanib yurishadi... Yana tug‘mang, iltimos. Menga mana shu ham yetadi”, – deydi u yig‘lagan holda, kichkina yig‘layotgan ukasini ko‘rsatib.
Ona esa qiziga keyinchalik ukalarining o‘sib ulg‘ayganidan xursand bo‘lishini aytadi.
Qiz esa bunga qat’iy e’tiroz bildiradi: “Xursand bo‘lmayman! Men ulg‘ayaman, talaba bo‘laman, turmushga chiqaman, bitta bola tug‘aman, bo‘ldi. Meni qishloqqa hech kim yubormaydi. Onamning opasi hammani ichida eng mazali ovqat tayyorlaydi...”. 
Videoda bildirilgan shikoyat ko‘plab foydalanuvchilarni befarq qoldirmadi. Ko‘pchilik qizaloqning yonini olib, bolalarning hissiyotlariga quloq tutish kerakligini ta’kidlagan, ayrimlar esa onaning qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News