
- 0
- 07.04.2025 15:34:00
- 1 daq o'qish
Dunyoning eng uzun tilli ayoli bo‘lgan 34 yoshli Shannel Tapperning tili 9,75 sm bo‘lib, u tili yordamida jenga o‘ynaydi, stakanlarni ag‘daradi, hatto qoshiqni ham ko‘taradi. Shannel 13 yoshida YouTube orqali mashhur bo‘lgan va 2010-yilda Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Odamlarning unga hayrat bilan qarashi hayotga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Garchi, uni Marvel komikslaridagi Venomga qiyoslashsa ham, u bunga hazil bilan qaraydi va o‘zidan faxrlanadi.