
- 7
- 15.07.2024 16:15:00
- 1 daq o'qish
9-iyul kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida ayol Rossiyada ishlayotgan eridan o‘ch olish maqsadida o‘zining 3 va 4 yoshli qizlarini kaltaklagani aks etgan videoni eriga yuborgan. Ayol sabab sifatida erining oilaga e'tibor bermasligini va ko‘p pul yubormasligini aytgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qizga yetkazilgan tan jarohatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Vaziyat Bolalar ombudsmanı tomonidan nazoratga olingan.