Polo bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi kubogi g‘oliblari aniqlandi

Polo bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi kubogi g‘oliblari aniqlandi
  • 4
  • 03.02.2023 17:02:00
  • 1 daq o'qish

Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan chavandoz-sportchilar jamoaviy bellashdi.

Bahslar 4 daqiqadan 4 taym davom etdi. Musobaqaning final bosqichi uchun kechgan bahsda Toshkent shahar Milliy Gvardiyasi qoshidagi Chavandozlar maktabi  jamoasi Toshkent shahar Milliy Gvardiya boshqarmasi jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

                

3-o‘rin uchun  kechgan bellashuvlarda Toshkent viloyati Milliy  Gvardiya boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Milliy  Gvardiya qoshidagi Chavandozlar maktabi o‘zaro kuch sinashdi. Natija  1:0 hisobida Toshkent viloyati Milliy Gvardiya qoshidagi Chavandozlar maktabi jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.    

Yakuniy natijalarga ko‘ra,  bosh sovrinni  Toshkent shahar Milliy Gvardiyasi qoshidagi Chavandozlar maktabi  jamoasi qo‘lga kiritdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  

                      

Ta’kidlash joizki, hududlarda ot sportini aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida qator ishlar qilinmoqda. Xususan, ushbu musobaqadan ham ko‘zlangan maqsad ot sport turi bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida raqobatni oshirish, xalqaro talablar asosida sportchilarni tayyorlash va yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishdir.  

              

Manba: UzA

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News