
- 8
- 15.11.2024 15:07:00
- 1 daq o'qish
13-noyabr kuni O‘zbekistondagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va noiblar ishtirokida “Yil imomi – 2024” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 14 nafar imom domla Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdi. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan salmoqli ishlari va OAVlarida e’lon qilingan ijodini namoyish etdi.
🥇 Musobaqa g‘oliblari quyidagicha taqdirlandi:
🔹1-o‘rin – Namangan viloyati “Homiddin qori” jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir Nasriddinovga I darajali diplom va Haj safari yo‘llanmasi;
🔹2-o‘rin – Toshkent shahridagi “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor Sattorovga II darajali diplom va 16 million so‘m pul mukofoti;
🔹3-o‘rin – Toshkent viloyati “Chanoq” jome masjidi imom-xatibi Yoqub Buxarbayevga III darajali diplom va 13 million so‘m pul mukofoti topshirildi.