
- 10
- 08.10.2026 09:51:00
- 1 daq o'qish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyoda 5–19 yoshdagi 170 mln bola va o‘smir semizlikdan aziyat chekkan. Bu ko‘rsatkich 1990-yilga nisbatan to‘rt baravar oshgan.
Ularning 70 million nafari 5–9 yoshdagi bolalar, 100 million nafari esa 10–19 yoshdagi o‘smirlardir.
JSST bolalarda semizlikni davolash bo‘yicha ilk tavsiyalarini e’lon qilib, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va turmush tarzini o‘zgartirishni tavsiya qildi.
Tashkilot hisob-kitobiga ko‘ra, 2024-yilda semizlik dunyo bo‘yicha 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Tegishli choralar ko‘rilmasa, 2030-yilga borib semizlikdan aziyat chekayotganlar soni ikki baravar oshishi mumkin.