Yaponiyadagi zilzila qurbonlari 55 kishiga yetdi

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari 55 kishiga yetdi
  • 2
  • 03.01.2024 15:05:00
  • 1 daq o'qish

1-yanvar kuni kuni tushdan keyin Yaponiyaning Isikava prefekturasida bir qator kuchli zilzilalar yuz berdi. Qayd etilgan eng kuchli zilzilaning magnitudasi 7,6 ni tashkil etdi.  Kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 55 kishiga yetgan va 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. Bu Yaponiyada 2016-yildan beri sodir bo‘lgan eng halokatli zilzila bo‘ldi. Zilzilalardan so‘ng Yaponiyaning g‘arbiy sohilidagi ba’zi hududlarda katta sunami xavfi e’lon qilingandi ammo hozirda sunami haqidagi barcha ogohlantirishlar bekor qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News