Anqarada O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
  • 4
  • 06.06.2024 10:51:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yilning 5-iyun kuni Anqarada ikki mamlakatning 500 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi hamda Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi  raisi  ishtirok etishdi.

Forum doirasida ikki mamlakat iqtisodiyot va biznes doiralari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston milliy banki va Istanbul zargarlar palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News