AQSH 2023-yil uchun Green Card berishni yakunladi

AQSH 2023-yil uchun Green Card berishni yakunladi
  • 2
  • 07.09.2023 15:10:00
  • 1 daq o'qish

AQSH hukumati 2023-yil uchun Green Card berishni yakunladi. Bu haqda AQSH elchixonasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, AQSH hukumati joriy 2023-yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etdi. Sentabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham bekor qilindi. 

DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o‘tgan, ammo viza olmagan DV murojaatchilari viza olish huquqiga ega emas.

Manba:Daryo.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News