АQSh rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan pullarini Ukrainaga beradi – Blinken

АQSh rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan pullarini Ukrainaga beradi – Blinken
  • 9
  • 07.09.2023 12:57:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqini boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar ostidagi rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan aktivlarni birinchi marta Ukrainaga o‘tkazadi.

Bu haqda АQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Putinning agressiv urushiga hissa qo‘shganlar badal to‘lashi shart. Biz birinchi marta Ukrainaga sanksiyaga uchragan rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan aktivlarni o‘tkazmoqdamiz, endi ular Ukraina harbiy faxriylarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladi», – degan АQSh Davlat kotibi.

Gap faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan 5,4 million dollar haqida bormoqda.

Bundan oldinroq, АQSh Bosh prokurorning birinchi oʼrinbosari Liza Monako АQSh rasmiylari Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq aktivlarini musodara qilishga tayyorlanayotganini maʼlum qilgan edi.

manba:xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News