AQSH kannabisni uncha xavfli bo‘lmagan dori turiga kiritmoqchi

AQSH kannabisni uncha xavfli bo‘lmagan dori turiga kiritmoqchi
  • 0
  • 12.08.2025 10:05:00
  • 1 daq o'qish

Tramp kannabisni uncha xavfli bo‘lmagan dorilar ro‘yxatiga kiritish masalasida qarorni yaqin haftalarda e’lon qilishini aytdi. U tibbiy maqsadlarda kannabis haqida ijobiy fikrlar eshitganini, ammo ayrimlar uni har yoshdagilar uchun zararli deb hisoblashini ta’kidladi.
Trampning bayonotidan so‘ng kannabis ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyalari keskin oshdi. Hozirda AQShning 24 shtatida kannabis rekreatsion maqsadlarda qonuniy bo‘lsa-da, federal darajada noqonuniy hisoblanadi.

Kannabis — nasha oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, asosiy faol moddasi tetrahidrokannabinol (THC) psixotrop ta’sirga ega. Tibbiyotda u og‘riqni kamaytirish, ko‘ngil aynishini bartaraf etish va ayrim nevrologik kasalliklarda qo‘llanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News