
- 4
- 28.10.2023 13:55:00
- 2 daq o'qish
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 28-oktyabr kuni Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qayd etilishicha, muloqot davomida O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
Bayden 27-oktyabr kuni Vashingtonda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. U har ikki davlat ochiq muloqot kanallarini saqlab turishi va “o‘zaro munosabatlardagi raqobat masalalariga mas’uliyat bilan yondashish” kerakligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Amerika yetakchisi Pekinni “global muammolarni” hal etishda birgalikda ishlashga chaqirdi hamda Xitoy davlat kengashi sobiq bosh vaziri Li Ketsyanning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Van I Blinken va Sallivan bilan Xitoy—AQSH munosabatlarini muhokama qildi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari 26-oktyabr kuni AQSHga uch kunlik tashrif bilan kelgandi. U AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan ikki marta uchrashdi. Siyosatchilar muzokaralar ortidan hech qanday bayonot bermadi, biroq ular boshlanishidan oldin Van I AQSH va Xitoy o‘rtasida nafaqat kelishmovchiliklar, balki umumiy manfaatlar ham borligini, “har ikki davlat ham keng qamrovli muloqotga muhtojligini” ta’kidladi.
Bundan tashqari, Xitoy vazirini AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan qabul qildi. Uchrashuvda “AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi” hamda Pekin va Tayvan o‘rtasidagi keskin munosabatlar muhokama qilindi, deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida.
Reuters agentligining qayd etishicha, Van Ining safari yuqori martabali xitoylik siyosatchining AQSHga so‘nggi yillardagi birinchi tashrifi bo‘ldi.
“Xususan, O‘zbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy madaniy meros obidalarini asrab-avaylash bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini atroflicha muhokama qildik”, — deb yozadi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyev sentyabr oxirlarida “Arxeologik hamkorlik – Bir makon, bir yo‘l” ko‘rgazmasining ochilishi doirasida ham Xu Xepin uchrashgan edi. 3-oktyabr kuni esa Saida Mirziyoyeva Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat masalalari bo‘yicha bosh direktori bilan uchrashgandi. O‘shanda suhbatimizning asosiy mavzusi — Og‘a Xon jamg‘armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi bo‘lgan.