“Daraxtlar baribir kesilyapti” — Murod Nazarov moratoriy o‘rniga yangi tizim taklif qildi

“Daraxtlar baribir kesilyapti” — Murod Nazarov moratoriy o‘rniga yangi tizim taklif qildi
  • 0
  • 18.07.2025 15:37:00
  • 1 daq o'qish

Tadbirkor Murod Nazarov O‘zbekistonda 2022-yildan beri amal qilayotgan daraxt kesishga moratoriyani bekor qilishni taklif qildi. Savdo-sanoat palatasi o‘tkazgan ochiq muloqotda u hozirgi cheklovlar samara bermayotganini, aksincha, yashirin kesish holatlarini kuchaytirayotganini ta’kidladi.

Nazarov “daraxtlar banki” tizimini joriy qilish g‘oyasini ilgari surib, quruvchilar kesiladigan daraxtlar o‘rniga oldindan yangi daraxt ekib, ularni hokimlik balansiga o‘tkazishi mumkinligini bildirdi. Uning fikricha, bu usul orqali nafaqat muammo hal bo‘ladi, balki daraxt ekishga investitsiya sifatida qaraladi.

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev esa qurilish kompaniyalari kesilgan har bir daraxt o‘rniga 3−4 baravar ko‘p daraxt ekishga rozi ekanini aytib, tizimni uglerod birliklari savdosiga qiyosladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News