
- 2
- 15.07.2025 13:53:00
- 1 daq o'qish
Toshkentdagi “O‘rikzor” savdo kompleksi buzilishi va yopilishi haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on, deb bayon qildi shahar hokimligi. Rasmiylarga ko‘ra, majmua odatdagi tartibda ishlamoqda va hech qanday qurilish yoki rekonstruksiya rejalashtirilmagan.
Hokimlik fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.