Shvesiya hukumati Qur’onni tahqirlashga qarshi qonun qabul qilmoqchi

Shvesiya hukumati Qur’onni tahqirlashga qarshi qonun qabul qilmoqchi
  • 7
  • 08.07.2023 08:44:00
  • 1 daq o'qish

Shvesiyaning zo‘ravon ekstremizmga qarshi markazi (CVE) Shvesiya hukumatini jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritib, agar milliy xavfsizlikka tahdid soladigan bo‘lsa, Qur’onni yoqish kabi ommaviy tadbirlarni taqiqlashga ruxsat berishga chaqirdi.

Hozirda Shvesiyada Qur’onni yoqib yuborishga qonun ruxsat beradi, ular buni so‘z erkinligini ta’minlash sifatida qaraydilar.

«Jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunni tezda o‘zgartirish zarur», – deydi CVE rahbari Jonas Trolle.

Jonas Trollening ta’kidlashicha, Shvesiya konstitusiyasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida asosiy huquq va erkinliklarni cheklashga ruxsat beradi, biroq jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonun bunga yo‘l qo‘ymaydi.

«Konstitusiya milliy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda rad etishga ruxsat beradi va hozir sodir bo‘layotgan voqealar haqiqatan ham Shvesiya uchun xavf nuqtai nazaridan unchalik yaxshi emasligi aniq», – deydi Trolle.

U, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Finlyandiya kabi mamlakatlar tajribasiga ishora qilib, «so‘z erkinligi yetarli darajada yuqori bo‘lsa-da, Qur’onni yoqish mumkin emasligi»ni ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Iroqdan kelgan qochqin Salvan Momika Stokgolmda Qur’onni yoqib yuborgan edi.

Iroq, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Marokash kabi davlatlar Shvesiya elchilarini chaqirib, Qur’onni yoqish hodisasiga norozilik bildirishgan.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News