
- 5
- 09.04.2025 16:11:00
- 1 daq o'qish
XX asrda dunyoning eng hunuk ayoli sifatida tanilgan Meri Enn aslida juda go‘zal ayol va oila bekasi bo‘lgan. Akromegaliya kasalligi tufayli u tashqi ko‘rinishini yo‘qotdi va og‘ir hayot kechirdi. Merining g‘ayrioddiy qiyofasi uni “Dunyoning eng xunuk ayoli” tanlovida g‘olib etdi. Garchi bu ayol kishi uchun juda og‘ir ta’rif bo‘lsada u farzandlari uchun hamma qiyinchiliklarga bardosh berdi. U faqat xunuk ayol emas, balki, matonatli ayol va ona sifatida ham tarixda qoldi.
Akromegaliya — bu gormonal kasallik bo‘lib, gipofiz bezidan ortiqcha o‘sish gormoni ajralib chiqishi natijasida yuzaga keladi. Odatda bu gipofiz o‘smasi (adenoma) tufayli sodir bo‘ladi. Kasallik sekin rivojlanadi va tana a’zolari (qo‘l, oyoq, yuz) kattalashadi, yuz tuzilishi o‘zgaradi. Bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im og‘riqlari va ichki a’zolarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Vaqtida aniqlansa, jarrohlik, dori-darmon yoki radioterapiya orqali davolanishi mumkin.