
- 19
- 22.06.2023 10:04:00
- 1 daq o'qish
Tashqi savdo aylanmasida salmoqli ulushga ega bo‘lgan respublikaning hamkor davlatlari ro‘yxati ma’lum qilindi.
Statistika agentligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlat Xitoy. U $4,5 mlrd bilan birinchilikni egallagan. $3,8 mlrd bilan Rossiya 2-o‘rinda bo‘lsa, $1,9 mlrd bilan Qozog‘iston 3-o‘rinni qayd etgan.
Qolgan o‘rinlarda esa:
— Turkiya – $1,3 mlrd
— Koreya – $1,0 mlrd
— Germaniya – $894 mln
— Qirg‘iziston – $419 mln
— Turkmaniston – $364 mln
— Fransiya – $332 mln
— Afg‘oniston – $328 mln
Manba: uznews.uz