O‘zbekiston davlat qarzi rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston davlat qarzi rekord darajaga yetdi
  • 7
  • 30.03.2023 11:12:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston davlat qarzi 2022-yilda 29,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda. 

29,2 mlrd dollar — O‘zbekiston davlat qarzining eng yuqori darajasi hisoblanadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, to‘rtinchi chorakda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizga yetgan. Bu avvalgi chorakka nisbatan 2,3 foizga ko‘proq. 

2022-yilning oxirgi choragida davlat qarzi 2021-yil bilan solishtirilganda 2,9 mlrd dollarga, uchinchi chorakka nisbatan esa 3,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Mamlakatda davlat qarzi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 17,6 mlrd dollarga ko‘paygan.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News