SSV Rossiya bilan qanday kelishuvlarga erishilganini ma‘lum qildi

SSV Rossiya bilan qanday kelishuvlarga erishilganini ma‘lum qildi
  • 7
  • 05.06.2023 07:37:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash  forumida 170 dan ortiq memorandum imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, anjumanda tibbiyot sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar, kadrlarni tayyorlash, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlar, mahorat darslarini o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish, neyroxirurgiya, pediatriya, xirurgiya, kardiologiya, onkologiya yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Forum doirasida qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, O‘zbekistonda Rossiya tibbiyot taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, sheriklikning yangi shakllarini joriy etish bo‘yicha 172 ta memorandum va qator kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News