Halokatga uchragan kema 55 yil o‘tib topildi

Halokatga uchragan kema 55 yil o‘tib topildi
  • 8
  • 25.07.2024 16:19:00
  • 1 daq o'qish

1969-yil Yangi Janubiy Uels qirg'oqlari yaqinida po‘lat olib ketayotgan “Noongah”  kemasi kuchli bo‘ronga duch kelib, g‘oyib bo‘lgan. Qidiruvda 26 nafar ekipaj a’zosidan besh nafar qutqarilgan. Ekipajning qolgan 21 a’zosi va kemaning taqdiri sir bo‘lib kelayotgan edi. 

Halokatga uchragan kema qoldiqlarini 55 yil o‘tib, mahalliy dengizchilar aniqladi va dengiz sathidan 170 metr chuqurlikdan topildi. Uni chiqarib olish va o‘rganish uchun maxsus tadqiqot guruhi tashkil etilgan. Halokatda yo‘qolgan fuqarolarning jasadi kema ichida bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News