
- 3
- 11.07.2024 12:44:00
- 1 daq o'qish
Ohangaronda Ukrainada jang qilgan sobiq “vagnerchi”ga hukm o‘qildi.
Fuqaro sud hukmi bilan oylik ish haqining 20 foizini davlatga ushlab qolish bilan sharti bilan 2,5 yil axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan.
Sud materiallariga ko‘ra, 2019-yilda yigit ishlash uchun Rossiyaga boradi. Biroq, u narkotik savdosi bilan shug‘ullangani uchun 2021-yilda 7 yilga qamaladi.
2022-yilda esa qamoqdan chiqarilib, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi uchun Ukrainada jang qiladi va jazoning qolgan muddatini o‘tashdan ozod qilinadi. Olti oy davomida 10 800 dollar ishlab topgan yigit “Jasorati uchun” medali bilan taqdirlangan.
2023-yil avgustida u O‘zbekistonga qaytib keladi va jangari guruhga yollanganlik aybi bilan qo‘lga olinadi.