Qo‘qon shahrida ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi

Qo‘qon shahrida ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi
  • 3
  • 21.09.2023 14:10:00
  • 1 daq o'qish

Qo‘qon shahrida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.Qayd etilishicha, festivalda 70 dan ortiq mamlakatdan ustazoda hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, mutaxassislar, faxriy mehmonlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etishi kutilmoqda. Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan festivalda yurtimizning barcha hududlaridan mingga yaqin hunarmandlar qatnashib, mahsulotlarini namoyish etadi.Festival doirasida ishtirokchilarning tantanali yurishlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, “An’anaviy badiiy hunarmandchilikni saqlash va rivojlantirish sohasida jahon amaliyoti” mavzusida ilmiy konferensiya, xalqaro va o‘zbekistonlik hunarmand-dizaynerlar ishtirokidagi modalar namoyishi, xalq sayillari, “O‘zbekiston hunarmandchiligi” kitob-albomi taqdimoti o‘tkaziladi.Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida mahalliy va xorijiy hunarmandlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tadi. Xalqaro hay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominatsiya bo‘yicha baholanadi.Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasidagi tadbirlar 23-sentabrga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News