Tomoshabinlarni kuldirgan “qo‘rqinchli” serial: “Yo‘lbars odam”

Tomoshabinlarni kuldirgan “qo‘rqinchli” serial: “Yo‘lbars odam”
  • 11
  • 23.06.2026 17:16:00
  • 1 daq o'qish

Indoneziyaning “Yo‘lbars odam” seriali o‘zining g‘ayrioddiy syujeti va havaskorona maxsus effektlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Serial voqealariga ko‘ra, maktab o‘quvchisi 17 yoshga to‘lgan kuni yo‘lbarsga aylanish qobiliyatiga ega ekanini bilib qoladi. Shundan so‘ng u kelib chiqishi sirini ochish, dushmanlari bilan kurashish va sevgan qizini himoya qilishga urinadi.

Biroq tomoshabinlarning e’tiborini syujetdan ko‘ra ko‘proq serialdagi maxsus effektlar tortgan. Xususan, kasalxona karavotida yotgan qahramonning bir necha soniya ichida yo‘lbarsga aylanish sahnasi internetda kulgili videolar qatoridan joy oldi.
Ko‘plab foydalanuvchilar serialni hazil tariqasida “Indoneziyada dahshatli filmlar faqat bolalar telekanallarida namoyish etiladi shekilli” deb yozishmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News