
- 0
- 21.08.2025 11:42:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y videosi tarqalib, bir sutkada milliondan ortiq ko‘rildi. Videodagi kelin va kuyovning g‘amgin chehrasi odamlarning e’tiborini tortdi. Foydalanuvchilar fikri turlicha: ayrimlar bu majburiy nikoh bo‘lishi mumkinligini aytib, kelin va kuyovning ko‘zlaridagi iztirobga ishora qilishdi. Boshqalar esa ular chiroyli juftlik ekanini, vaqt o‘tib bir-biriga ko‘nikishini ta’kidlashdi.
Videoni internetga to‘y operatori joylagan. Ma’lumotiga ko‘ra, kuyovning qarindoshlari izohlar ko‘pligi sabab videoni o‘chirishni so‘ragan. Biroq, video allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokama qilinmoqda.
Nima deb o‘ylaysiz juftlik kelishib ketolishdimikan?✍️