
- 15
- 06.11.2023 17:01:00
- 1 daq o'qish
9-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostonaga rasmiy tashrif bilan keladi.
"2023-yil 9-noyabr kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Tokayevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Ostonaga keladi. Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, unda Qozogʻiston-Rossiya strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi", — deb yozadi Aqorda.
Bundan tashqari, prezidentlar videokonferens-aloqa orqali Kostanayda boʻlib oʻtadigan Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasidagi XIX mintaqalararo hamkorlik forumi ishida ishtirok etadi.