
- 2
- 25.04.2023 15:39:00
- 1 daq o'qish
Rossiyalik eshkak eshuvchi Anna Prakaten O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilishni xohlamoqda. U hozir 30 yoshda. Anna Rossiya jamoasi tarkibida 2021-yilgi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan va Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritgan. Anna 2016-yilgacha Belarus sharafini himoya qilgan.
Qayd etish kerak, ayni vaqtda Rossiya va Belarus sportchilari ko‘plab xalqaro musobaqalar qatori Olimpiada va unga saralash bosqichini o‘taydigan turnirlarda qatnasha olmayapti.
Siz bu xabarga qanday munosabatdasiz?