O‘zbekistonda ish tashlash huquqi qonuniylashtiriladi

O‘zbekistonda ish tashlash huquqi qonuniylashtiriladi
  • 0
  • 11.09.2025 07:56:00
  • 1 daq o'qish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 9-sentabr kuni Senatning fuqarolarning mehnat huquqlarini kuchaytirishga oid qonunchilik taklifini muhokama qildi. Loyiha ilk bor xodimlarga ish tashlash huquqini qonuniy asosda belgilashni nazarda tutadi. Mehnat kodeksiga ish tashlashning ta’rifi, uni o‘tkazish tartibi hamda xodimlarga beriladigan kafolatlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ish tashlashni kechiktirish, to‘xtatib turish, tiklash va tugatish tartiblari ham belgilanadi. Qonun loyihasi O‘zbekiston mehnat qonunchiligini Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalariga moslashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlashga qaratilgan.
Majlisda qonunchilik taklifi bo‘yicha qaror loyihasi qabul qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News