Tinib-tinchimas 48 yoshli Oksana Chusovitina finalda!

Tinib-tinchimas 48 yoshli Oksana Chusovitina finalda!
  • 4
  • 02.03.2023 12:34:00
  • 1 daq o'qish

Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

Hamyurtimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimizning ikki chiqishi jami 12.899 ball bilan baholandi. Bu saralash dasturidagi to‘rtinchi natija bo‘ldi. Shu tariqa, sportchimiz finalga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 1975-yil Buxoroda tugʻilgan. U 1992-yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008-yilgi Pekin olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Photo by Nikku/Xinhua

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News