
- 3
- 11.05.2024 09:21:00
- 1 daq o'qish
Hujjatda aeroportni Toshkent shahridan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan yer uchastkasiga ko‘chirish nazarda tutilgan edi.
Hukumatning ayrim qarorlari ilovaga muvofiq 2024 yil 1 sentyabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanib, Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi va mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish adliya vaziri zimmasiga yuklatildi.
Unda, 1989 yildan 2023 yilga qadar bo‘lgan jami 493 ta hujjatni bekor qilish nazarda tutilgan.
Hujjatda Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi 1992 yil 24 iyuldagi 345-son qarori ham bekor qilindi. Qarorda Toshkent shahridan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasini tanlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan edi.
2020 yilda Uzbekistan Airports'ning sobiq rahbari Ravshan Ismoilov aeroportni Angren yoki Chinozga ko‘chirishni, 2022 yilda esa Uzbekistan Airports'ning hozirgi rahbari Ra’no Jo‘rayeva aeroportni poytaxtdan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilayotganini aytgan edi.