PSJ – Anje o‘yini hakami internet yulduziga aylandi!

PSJ – Anje o‘yini hakami internet yulduziga aylandi!
  • 5
  • 23.08.2025 16:28:00
  • 1 daq o'qish

1 Liga doirasidagi PSJ – “Anje” uchrashuvida noodatiy holat yuz berdi. Asosiy hakam birinchi taymda jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga zaxira hakam Mikael Lelu maydonga tushdi.
Mikael Lelu o‘zining kuchli jismoniy holati, ayniqsa, muskul tuzilmasi bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. U asosiy hakamning ekipirovkasiga zo‘rg‘a sig‘di, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda kulgili memlar va izohlar to‘lqinini keltirib chiqardi.
Futbol maydonida odatda futbolchilar diqqat markazida bo‘lsa-da, bu safar hakam o‘yin yulduziga aylandi!
Ha aytgancha, o‘yindan keyin Donnarumma ham klub muxlislari bilan xayrlashdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News