Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi

Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi
  • 2
  • 07.06.2024 16:32:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi.

Bu markaz jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib, shu yil martida ishga tushirilgan edi. Bu yerda joylardagi vaziyat va xodimlarning ish-harakati raqamli texnologiyalar orqali tahlil qilib boriladi. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorlarining faoliyati 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazorat qilinadi va baholanadi.

Davlat rahbari bu masalaga alohida e’tibor qaratib, soha xodimlari yuqori texnologiyalarni yaxshi bilishi lozimligini ta’kidladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News