Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga yetdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga yetdi
  • 6
  • 30.09.2023 13:35:00
  • 1 daq o'qish

 

Davlat rahbari Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

So‘ng davlat rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashdi.

Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols raisligida o‘tgan “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi birinchi sammitda O‘zbekiston Prezidenti uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning ikki tomonlama muzokaralarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

Manba: Uzreport.news

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News